Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ronaldu: «Bu yakun emas, boshlanishi»

Ronaldu: «Bu yakun emas, boshlanishi»

Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federasiyasidan Quinas de Platina sovrinini qabul qilib olgach, dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman. Bu yakun emas, aksincha, boshlanishi. Bunga erishish uchun ko‘p narsa qurbon qilindi, ko‘p ishladim. Qachonlardir milliy jamoada birinchi o‘yinimni o‘tkazishni orzu qilardim, keyin esa 25, 50-o‘yinlar, keyinchalik uch sonli raqamlar zabt etildi. 150, 200-o‘yinlar haqida o‘ylay boshladim.

Ko‘plab klublarda to‘p surib, qator sovrinlarga ega chiqdim. Ammo milliy jamoa sharafini himoya qilishdan, o‘z mamlakatim sha’ni, madaniyatim va bolalarim uchun to‘p surishdan-da yaxshirog‘i yo‘q», - deydi Ronaldu.

Kiritildi: 23:36 12.11.2024. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!