Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ronaldu 600-o‘yinda gol urdi

Ronaldu 600-o‘yinda gol urdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida «Al-Oruba» darvozasiga gol urdi.

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) hisob-kitobiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi top-darajadagi 600-o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi hamda bu marrani zabt etgan ilk o‘yinchiga aylandi.

Lionel Messi faoliyati davomida 556 ta bahsda to‘p kiritgan. Keyingi o‘rinlarni quyidagi futbolchilar egallab turibdi:

1. Krishtianu Ronaldu — 600
2. Lionel Messi — 556
3. Romario – 479
4. Pele – 456
5. Robert Levandovski – 444
6. Ferens Pushkash – 434
7. Luis Suares – 423
8. Zlatan Ibrahimovich – 417.

Ronaldu 374 ta o‘yinda bittadan, 160 ta bahsda ikkitadan, 55 ta uchrashuvda 3 tadan, 9ta o‘yinda to‘rttadan gol urgan. Shuningdek, Krishtianu ikkita o‘yinda 5 tadan gol muallifi bo‘lgan.

Ronaldu 600-o‘yinda gol urdi

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!