Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu 2026 yilgi Jahon Chempionatida ham ishtirok etmoqchi

Ronaldu 2026 yilgi Jahon Chempionatida ham ishtirok etmoqchi

Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etmoqchi.

Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi faoliyatini yuqori notada olib bormoqchi va keyingi mundialda ishtirok etishni maqsad qilgan, deya xabar beradi Relevo.

Ma’lumot uchun 2026 yilgi Jahon Chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ayni damda Ronaldu Portugaliya bilan Yevro—2024 da ishtirok etmoqda. Portugaliya guruh bosqichidagi ilk o‘yinini 18 iyundan 19 iyunga o‘tar kechasi 00:00 da Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.

Joriy mavsum Krishtianu “An-Nassr” safida Saudiya Chempionatida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 35 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:42 17.06.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!