Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Roddom"ga ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

"Roddom"ga ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.S.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi tug‘ruqxonaga 3 100 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, oldindan 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar X.R. va F.T. fuqaro D.X. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Navoiy shahridagi tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishlari evaziga 69,5 mln so‘m pul va 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:09. O'qildi: 216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!