Interyer dizaynida ko‘plab o‘zbek milliy elementlaridan foydalanilgan. Adrasdan yostiqchalar, Samarqand aks etgan suratlar, hattoki ranglar ham oq-havo rang gammada tanlangan.

Lekin interyerdagi asosiy urg‘u rishtonlik kulol Alisher Nazirov tomonidan yaratilgan sopol buyumlar kompozisiyasidir.

Alisher Nazirov - rishtonlik sopol ustasi. O‘n ikki yoshida sopolichilikka ko‘ngil qo‘ygan, keyinchalik esa sopol zavodida ishlagan. Yaponiyada malaka oshirgan. 2005 yilda usta «Usto-Shogird» maktabiga asos solgan. Usta shuningdek, Rossi, Yaponiya, Xitoy, AQSh va Yevropa mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

Moskvadagi kvartira interyeri dizayner Margarita Mustafina tomonidan yosh oila buyurtmasi asosida yaratilgan.
Manba: myday.uz