Italiyalik mashhur modelyer Valentino Garavani bilan xayrlashuv marosimi Rimdagi Santa Maria degli Angeli e dei Martiri bazilikasida o‘tdi. 93 yoshida vafot etgan dizaynerni jahon moda yulduzlari, mashhur shaxslar va minglab muxlislar oxirgi yo‘lga kuzatdi.
Marosimda Tom Ford, Donatella Versache, Vogue jurnali muharriri Anna Vintur, shuningdek, Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey ishtirok etdi. Cherkov tashqarisida yig‘ilgan muxlislar Valentinoning ramziy rangi hisoblangan qizil libos va aksessuarlar bilan xotiraga hurmat ko‘rsatishdi.
Valentino Garavani Italiya modasining “so‘nggi imperatori” sifatida tanilgan bo‘lib, uning liboslari yillar davomida qirollik oilalari, birinchi xonumlar va Gollivud yulduzlari tomonidan kiyib kelingan.
Uning yaqin hamkori Jankarlo Djammetti marosimda shunday dedi:
“Valentino bizga go‘zallikni o‘rgatdi. Bu go‘zallik butun hayotimiz davomida biz bilan birga bo‘ldi”.