Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Riga hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar orqasi bilan issiq polda yotgan kenguruning sog‘lig‘idan xavotirlanib, polisiya chaqirdi

Riga hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar orqasi bilan issiq polda yotgan kenguruning sog‘lig‘idan xavotirlanib, polisiya chaqirdi

Latviya poytaxti Rigada joylashgan hayvonot bog‘ida Kingaru laqabli kenguru o‘z volyerining isitilgan polida — somon va sabzilar qurshovida yotishni yaxshi ko‘radi. Biroq hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar ushbu hayvon notabiiy holatda yotganligi sabab uning sog‘lig‘idan xavotirga tushib, polisiya chaqirdi, deb xabar beradi Esquire.

Ta’kidlanishicha, polisiya xodimlari bilan suhbatlashgan hayvonot bog‘i ma’muriyati muammoni yechishning bir nechta variantini taklif etgan: polni isitish tizimini o‘chirib qo‘yish, volyerda hayvon uchun stress vaziyatni yuzaga keltirish yoki «tashrif buyuruvchilarning hayvonot bog‘i xodimlarining professionalligi va hayvonlar bilan ishlash bilimiga ishonch bildirishi kerak».

Hayvonot bog‘i, shuningdek, volyer har kuni tozalanishini, kenguru esa o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, jazirama kunlarda hayvon o‘ziga chuqur kovlab, salqin yerda yotadi.

Kiritildi: 12:15 08.03.2021. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!