Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya xizmatini ko‘rsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • psixiatriya yordami xizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integrasiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash;
  • birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirish;
  • aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
  • tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning kasalliklariga tashxis qo‘yish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot o‘quv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish;
  • kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning ilg‘or usullari va texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish;
  • etakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.

Markaz sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Hujjat bilan amaldagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Kiritildi: 10:00 27.07.2024. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!