Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Repetitor ayoldan dars olish joizmi?

A A A
Repetitor ayoldan dars olish joizmi?

Savol

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Mening 15 va 16 yoshga to‘lgan o‘g‘illarim repetitordan dars olishyapti. Ustozlari ayol muallim. Uyimizda men va turmush o‘rtog‘im yo‘q paytlar ham bo‘ladi. Ayol muallimning oldiga 1 o‘g‘lim kirib, 1 xonada dars olishi joizmi? Yoki bunday paytda ularning oldilariga ikkinchi farzandim kirib o‘tirishi, yo shu xonaning eshigini ochib qo‘yib, boshqa xonada darsini tayyorlash bilan shug‘ullanishi maqsadga muvofiqmi?


Javob

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: "Ogoh bo‘ling! Kishi (o‘ziga halol bo‘lmagan) ayol bilan xoli qolmasin. Chunki ularning uchinchisi shayton bo‘ladi", deganlar (Ahmad va Termiziy rivoyatlari). Shundan kelib chiqib, o‘g‘illaringiz ikkovi birgalikda dars olsa bo‘ladi. Chunki "xoli qolmasin"dagi xilvatdan murod, erkak ayol bilan uchinchi kishi kirib qolishi mumkinligidan xavotir olmaydigan joyda bo‘lishi tushuniladi. Bunda repetitor ayolning shariat buyurgan darajada kiyingan bo‘lishi shart qilinadi. Ammo ayrim ahli ilmlar begona erkaklarning bir ayol bilan xilvatda bo‘lishini ham man etishgan.

Alloh yanada biluvchiroq.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 01:01 23.08.2018. O'qildi: 1679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!