2004 yilda Xitoyda tashkil etilgan "Red Hacker Alliance" dunyodagi eng yirik xakerlik guruhlaridan biri hisoblanadi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, guruhga a’zo xakerlar soni 80 ming kishidan ham ziyod.
Agar ushbu ma’lumot haqiqat bo‘lsa, u holda DDoS-hujum uchun ularga hech qanday dasturiy ta’minotning keragi yo‘q: shunchaki biron bir saytga bir vaqtning o‘zida kirib kirib tizimni bemalol buza olishadi. "Qizil xakerlar alyansi" norasmiy tashkilot deb hisoblansa ham, ularning XXR hukumati bilan hamkorligiga hech kim shubha qilmaydi.
Aks holda, ular bunchalik uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lmas edilar. "Alyans" Xitoy Xalq ozodlik armiyasining bo‘linmasi bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh shtabga bo‘ysunadi degan qarash ham tarqalgan. "Red Hacker Alliance" a’zolari G‘arbning yirik ommaviy axborot vositalariga, xususan, 2008 yildagi CNN.com veb-saytiga qilingan hujumlarga aloqadordir.