Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real" sobiq futbolchisi: "Jamoada g‘oya ham, reja ham yo‘q"

"Real" sobiq futbolchisi: "Jamoada g‘oya ham, reja ham yo‘q"

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele jamoaning "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

Uchrashuvdan keyin "Real" tomoni hakamlik borasida jiddiy e’tirozlar bildirdi. Klub medialari bosh arbitr Migel Anxel Ortis Aryasning qarorlarini tanqid qildi. Joze Mourinyu esa matbuot anjumanida Kristian Romeroning Jud Bellingem oyog‘ini bosgani va Li Kan Inning Federiko Valverdega nisbatan qo‘pol harakati aks etgan kadrlarni ko‘rsatdi.

Biroq Makelelening fikricha, "Real"ning mag‘lubiyatini faqat hakamlik bilan izohlash noto‘g‘ri.

"Hakamlarni aybdor qilib ko‘rsatish kerak emas. Futbolchilarning o‘zaro tushunish darajasi ham, murabbiy bilan jamoa o‘rtasidagi aloqa ham yaxshi ko‘rinmayapti. Mourinyu futbolchilari bilan bu haqda gaplashishi kerak.

Jamoa kuchsiz taassurot qoldirmoqda. Aniq o‘yin rejasi yo‘q, maydonda nimani amalga oshirishmoqchi ekani ko‘rinmaydi. "Real"dan ko‘proq narsa kutishga haqlimiz.

Muammo hakamda emas. Jamoaga nimadir yetishmayapti. Maydonda na aniq g‘oya, na tushunarli reja bor", — dedi Makelele ESPN efirida.

Kiritildi: 14:39 21.09.2026. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik