Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Real"ning sobiq futbolchisi "Sevilya" o‘yinchisiga aylandi

"Real"ning sobiq futbolchisi "Sevilya" o‘yinchisiga aylandi

"Sevilya" "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Isko transferini e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Yarim himoyachi 2013 yilda "Malaga"dan Madrid klubiga o‘tgan edi. "Qaymoqranglilar" safida u Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi, uch karra Ispaniya chempioni va UYEFA Superkubogi sohibiga aylandi.

Isko o‘tgan mavsumda "galaktikos" uchun barcha turnirlarda 17 o‘yinda ikkita gol urgan.

Kiritildi: 15:53 07.08.2022. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!