Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

“Real”ni yirik hisobda mag‘lub etgan “SSKA” musobaqani tark etdi

“Real”ni yirik hisobda mag‘lub etgan “SSKA” musobaqani tark etdi

Hozirgina Madridda chinakam sensasiya qayd etildi. Rossiyaning “SSKA”  jamoasi “Santyago Bernabeu”da “Real”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Ammo...

Ammo parallel o‘yinda “Viktoriya Plzen” jamoasi ham “Roma”ni sensasion tarzda yengdi. Natijada o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik Viktoriya jamoasini Yevropa ligasiga olib chiqdi. Madridda “qirollik klubi”ni sharmanda qilgan “SSKA” esa 4-o‘rinda qolib ketdi. Ammo rus klubining kitobida endi “Real” ustidan qozonilgan g‘alaba bor.

“Real” Solari boshchiligida ikki bor mag‘lub bo‘ldi, qizig‘i ikkalasida ham autsayder jamoaga yirik hisobda yutqazdi. Ko‘ramiz, bunday o‘yin bilan bu yog‘iga “Real”ni nima kutarkin?

Real Madrid Ispaniya – SSKA Rossiya 0:3
"Santyago Bernabeu"
Gollar:
 0:1 – 37 Chalov, 0:2 – 43 Shennikov, 0:3 – 73 Sigurdsson.
Real Madrid – Kurtua, Valyexo, Marselo (Karvaxal, 74), Odriosola, Xavyer Sanches, Lyorente (Kroos, 58), Valverde, Isko, Asensio, Vinisius Junior, Benzema (Beyl, 46).
SSKA – Akinfeev, Rodrigo Bekao, Magnusson, Shennikov, Nababkin, Oblyakov, Bistrovich, Sigurdsson, Vlashich, Fernandes, Chalov (Ernandes, 84).
Ogohlantirish: Shennikov (78).

Viktoriya Plzen Chexiya – Roma Italiya 2:1
"Doosan-Arena"
Gollar:
 1:0 – 62 Kovarjik, 1:1 – 67 Under, 2:1 – 72 Xori.
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski, Gavel, Gubnik, Proxazka, Groshovski, Chermak (Gorshava, 82), Kopis (Petrjela, 71), Kovarjik, Xori (Rjeznichek, 87).
Roma – Mirante, Manolas, Kolarov, Santon (Florensi, 75), Markano, Kristante, Nzonzi (Pellegrini, 80), Pastore (Dzanyolo, 59), Under, Klyuyvert, Shik.
Ogohlantirish: Limberski (22), Klyuyvert (79).

 

Kiritildi: 01:07 13.12.2018. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!