Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Real Madrid» yangi yarim himoyachi sotib olyapti

«Real Madrid» yangi yarim himoyachi sotib olyapti

«River Pleyt»ning 16 yoshli yarim himoyachisi Franko Mastantuono Ispaniya chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi. "Sport.es" xabariga ko‘ra, futbolchi «Real» bilan shartnoma imzolaydi.

Argentina klubi prezidenti kelishuvni yakunlash uchun Ispaniya poytaxtiga uchib ketdi. "Los-Blankos" futbolchining o‘zi bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Agar kelishuv amalga oshsa, Mastantuono faqat kelasi yilning avgust oyida, 18 yoshga to‘lganda "qirollik klubi" safiga qo‘shila oladi.

"Transfermarkt" Frankoni 10 million yevroga baholagan. Futbolchining «River Pleyt» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 12:01 27.07.2024. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!