Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Real Madrid” avtobusi Germaniyada avariyaga uchradi

“Real Madrid” avtobusi Germaniyada avariyaga uchradi

Madridning “Real” klubi avtobusi Germaniyada avariyaga uchradi.

“Qaymoqranglilar” “Leypsig”ga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yin uchun Germaniyaga yetib bordi.

Biroq, yo‘lda boshqa mashina haydovchisi klub avtobusini suratga olaman deb, boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avtobusga borib urilgan. Voqeadan jabrlanganlar yo‘q.

Madridliklar Germaniyaga samolyotda uchishni rejalashtirgandi. Biroq, Leypsigga qo‘nish imkoni bo‘lmagani uchun samolyot Erfurtda to‘xtagan. U yerdan “Real” avtobusda 160 kilometr yo‘l bosib o‘tgan.

Karlo Anchelotti jamoasining “Leypsig”ga qarshi o‘yini 13 fevraldan 14 fevralga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:20 13.02.2024. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!