"Real Madrid" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinida (4:3) yarim himoyachi Eduardo Kamavingaga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi xato deb hisoblasada, klub fransuz futbolchisining xatti-harakatiga yanada ko‘proq e’tibor qaratdi. Bu haqda El Mundo xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kamavinga birinchi ogohlantirishni 78-daqiqada olgan edi. 86-daqiqada Xarri Keynga qo‘yilgan qoidabuzarlikdan so‘ng "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi to‘pni olib, qoidabuzarlik joyidan chetga yurdi va ikkinchi kartochkani oldi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya grandi bir muncha vaqtdan beri Kamavinganing o‘yinini, birinchi navbatda, xatolari tufayli diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Bu klubni 23 yoshli futbolchini transferga qo‘yishga majbur qildi. Shuningdek, "Real"ning fikricha, Kamavinga evaziga boshqa xaridlarni moliyalashtirish uchun katta mablag‘ olish mumkin.