La Liganing 14-turida Madridning "Real" va "Jirona" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin "qaymoqranglar"ning klub telekanali uchrashuv bosh hakami De Burgos Bengoecheaning faoliyatidan norozilik bildirdi.
"De Burgos “Jirona”ga qarshi o‘yinda qo‘pol va asossiz xatolarga yo‘l qo‘ydi. U — jamoaga eng ko‘p zarar yetkazgan odam. La Liga korrupsiyalangan. “Real” qanday o‘ynashidan qat’i nazar, reallik shundaki, hakamlar klubga to‘siq qo‘yadi, qaror chiqarishi kerak bo‘lganlar esa hech qanday chora ko‘rmaydi, ularning rahbariyati esa buni oqlaydi", — deb yozadi ispan nashri Marca klub telekanali bayonoti asosida.
Shuningdek, klub o‘yin oxirida berilmagan penalti bo‘yicha hakam qaroridan norozi bo‘lib apellyasiya kiritdi. Ularning fikricha, hujumchi Rodrigo va raqib himoyachisi o‘rtasida jarima maydonida bo‘lgan kurashda qoida buzilishi sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso shogirdlari turnir jadvalida 14 ta o‘yindan keyin 33 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.