Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Real" jamoa yetakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"Real" jamoa yetakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"Real Madrid" o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalni yangi shartnoma bilan mukofotlamoqchi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati tez orada ispaniyalik qanot himoyachisi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatida.

Manbaning ta’kidlashicha, "Real Madrid" Karvaxalning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlaridan juda mamnun. Rahbariyat, shuningdek, tajribali himoyachining fidoyiligini ham qadrlaydi.

32 yoshli Karvaxalning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi, shuning uchun "Real Madrid" rahbariyati futbolchi bilan tezda kelishuvga erishmoqchi.

Kiritildi: 13:03 17.06.2024. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!