Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Real" hujumchisi Asensioga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda

"Real" hujumchisi Asensioga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda

"Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Marko Asensio qishki transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Asensio 2015 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsumda La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:17 03.12.2022. O'qildi: 2402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!