Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Real" futbolchisining pochchasini otib ketishdi

"Real" futbolchisining pochchasini otib ketishdi

"Real"ga o‘tganidan so‘ng, Endrik o‘zini Madrid klubida topa olmayapti. Buning ustiga, 18 yoshli futbolchining oilasi bayram davrida motamga cho‘mdi.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, Rojdestvo kuni ertalab Endrikning opasi Laviniya Sudrening eri Maurisio Nunyes Gonsalves o‘ldirildi. Maurisio futbolchining yaqin do‘sti ham bo‘lgan.

Hodisa Braziliyaning poytaxti Braziliya yaqinida joylashgan Samambayya-Norte hududida sodir bo‘lgan.

Maurisio Nunyes hududdagi mahalliy barda bo‘lgan vaqtda 24 yoshli erkak unga yaqinlashib, pistoletdan birinchi marta otgan. Qurbon qochib ketishga uringan, biroq jinoyatchi uni qo‘lga olib, boshiga bir necha marta o‘q uzgan. Maurisio o‘q yaralaridan halok bo‘lgan.

Kiritildi: 15:05 27.12.2024. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!