Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Real» futbolchisiga Saudiya va Qatardan takliflar bor

«Real» futbolchisiga Saudiya va Qatardan takliflar bor

«Real» futbolchisi Lukas Vaskes klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng jamoani tark etadi.

Marca xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining shartnomasi yakunlanmoqda. Madridliklar Vaskes bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishgan. Hozirda unga Qatar va Saudiya klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Aynan qaysi jamoalar ekanligi sir saqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, «Real»ning sobiq futbolchilar Karim Benzema Saudiyaning «Al Ittihod» klubiga kelib qo‘shilgan. Nacho va Xoselu esa faoliyatini Qatar va Saudiya chempionatlarida davom ettirmoqda.

Kiritildi: 11:29 20.05.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!