Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport turlari bo‘yicha federasiya va assosiasiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidentligiga Ravshan Ermatov nomzodi ilgari surildi. Kengash a’zolari tomonidan R.Ermatov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi va saylandi.

Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

2021 yil 10 aprel kuni prezidentning tegishli qarori asosida Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Kiritildi: 13:41 12.04.2021. O'qildi: 3236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!