Bugun 26 iyun, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rasmiy bayonot: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan

Rasmiy bayonot: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan

Joriy yil 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoq sahifalarida «Azon.uz»ga bosim qachon tugaydi?» nomli bayonotda mazkur veb-saytning bosh muharriri A.Raimov tahririyatga nisbatan bosim o‘tkazilgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha ariza berganini e’lon qilgan va bu holat tarmoq foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Dastlab, aksar izoh qoldirayotganlar orasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita haqida yetarli taassurot bo‘lmagani sababli turli tushunmovchiliklar kuzatilgani, o‘z navbatida, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lishi uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning faoliyati, maqsad va vazifalari borasida quyidagi ayrim asosiy vazifalarini keltirib o‘tishni lozim topdik:

– vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;

– diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

– jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;

– davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;

– aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va boshqalar.

Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish, respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa elektron tashuvchilarni, Internet butunjahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan diniy materiallarni) ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini muvofiqlashtirish Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda diniy-ma’rifiy saytlarga yo‘nalish va tavsiya berishi mumkin. Lekin, qaysidir saytdan qandaydir ma’lumotni oldirib tashlash yoki olib tashlashga majbur qilish vakolatiga ega emas.

Shunga ko‘ra, “azon.uz” saytida e’lon qilingan muayyan maqolalarni oldirib tashlash bo‘yicha Qo‘mita rahbariyati tomonidan hech qanday topshiriq bo‘lmaganini qat’iy ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qator ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib borayotganini, Davlatimiz Rahbari boshchiligida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan yangilik va o‘zgarishlarni birgalikda omma e’tiboriga havola qilayotganini alohida qayd etish lozim.

Bayonot yakunida, yurtdoshlarimizga yana bir bora, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati tomonidan azon.uz sayti tahririyati va jamoasiga maqolani oldirib tashlash bo‘yicha bosim bo‘lmaganini, aksincha saytda berilayotgan xabar va maqolalar keng xalq ommasiga mo‘ljallangani uchun foydali va xolis bo‘lishi borasida doimiy hamkorlik qilib kelayotganini bildiramiz.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Axborot xizmati

Kiritildi: 22:27 04.02.2021. O'qildi: 4320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!