Madrid klubi 34 yoshli himoyachi joriy mavsum yakunida jamoadan ketishini e’lon qildi.
Karvaxal «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi — ispaniyalik futbolchi 2002 yildan beri klub tizimida bo‘lib, 2013 yildan buyon asosiy jamoada to‘p tepib kelayotgan edi.
Madrid klubi tarkibida Dani 450 ta o‘yin o‘tkazdi va 27 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 6 ta Chempionlar ligasi kubogi, 4 ta La Liga chempionligi va ikkita Ispaniya kubogi bor.