Madridning “Real” klubi o‘zining yozdagi dastlabki transferini amalga oshirdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar tarqatdi.
“Real” Braziliyaning “Novorizontino” klubi vingeri Rodrigo Antonio Rodrigesni xarid qildi. 18 yoshli futbolchi yangi mavsumda “Real”ning ikkinchi jamoasi tarkibidan joy oladi. Aslida tomonlar mazkur transferni bir necha oy oldin kelishib olishgandi, ammo endigina rasmiylashtirishdi.