O‘zbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish bo‘yicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hay’atlaridan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hijriy 1444 yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023 yil 18 iyun kuni quyosh botgandan so‘ng sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
Ma’lumki, hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.