Amerika Qo‘shma Shtatlari JSST tashkilotiga a’zolikdan chiqishi to‘g‘risida rasman xabar qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, JSST bu boradagi tegishli hujjatlarni qabul qildi.
Avvalroq, Pompeo Qo‘shma Shtatlar tashkilotni tark etishdan oldingi davrda JSSTni moliyalashtirishni istamasligini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh ma’muriyati Kongress bilan tashkilotga ajratilib kelingan mablag‘larni endi nimaga sarflashni muhokama qiladi.
May oyi oxirida Amerika yetakchisi Donald Tramp Shtatlar JSST bilan munosabatlarni to‘xtatmoqchi ekanligini e’lon qilgandi, chunki tashkilot go‘yo Xitoy nazorati ostiga o‘tdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, JSST rahbariyati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq ravishda zarur choralarni ko‘rmagan.