Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rasman! AQSh JSSTga qaytdi

A A A
Rasman! AQSh JSSTga qaytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilgan farmonni imzoladi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish va JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus qarorlarni mamnuniyat bilan qabul qildilar, deb xabar beradi BMT Yangiliklar markazi.

«Men Qo‘shma Shtatlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining a’zosi bo‘lib qolishini e’lon qilishdan faxrlanaman. Prezident Bayden kecha avvalgi ma’muriyatning tashkilotdan chiqish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilgan hujjatni imzoladi. Ushbu hujjat BMT Bosh kotibiga va sizga, aziz do‘stim, doktor Tedrosga yuborilgan”, – dedi AQSh Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauchi.

Kiritildi: 16:10 22.01.2021. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik