Xalqaro press klub sessiyasida testlarning oson va murakkabligi xususida berilgan savolga DTM rahbari Majid Karimov javob berdi:
«Testlar 4 xil turda — sodda savollar, o‘rtacha oson savollar, murakkabroq savollar va yuqori murakkablik darajasida belgilanar edi.
Endilikda sodda savollar 12ta, o‘rtacha oson savollar 12ta, 3-darajali murakkabroq savollar soni 6 ta bo‘ldi.
Yuqori murakkablik darajasidagi savollar endi yo‘q. Ikki yildan beri juda murakkab savollar, ya’ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo‘yiladigan savollar butunlay olib tashlangan».