Tahlillarga ko‘ra, haydovchilar orasida my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalanilgan xizmat elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘ldi. 1,4 mln. dan ortiq ishonchnoma masofadan tasdiqlandi.
⏱ Bu ko‘rsatkich notarial idoralardagi navbatlarning kamayishiga va fuqarolarning vaqti tejalishiga bevosita xizmat qildi.
📊 Xizmatlar kesimidagi statistika:
🗄 1,4 + mln — elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.
🗄 375,4 + ming — yo‘lovchi va yuk tashishga lisenziya.
🗄 333,7 + ming — oyna tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olindi.
🗄 132,3 + ming — sug‘urta polisi rasmiylashtirildi.
🗄 19,6 + ming — gaz uskunasi o‘rnatishga ruxsat olindi.
🗄 16,9 + ming — reklama pasporti rasmiylashdi.
🗄 11,1 + ming — haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirildi.
Bugun sohadagi davlat xizmatlarining onlaynga ko‘chishi korrupsion xavflarni kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.