Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Ra’no Yarasheva Haj ziyoratiga jo‘nadi (FOTO)

A A A
Ra’no Yarasheva Haj ziyoratiga jo‘nadi (FOTO)

Bugun, 24 iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. "Qalampir"ning yozishicha, ziyoratchilar orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ham bor. 

58 yoshar aktrisa muborak Haj ziyoratiga otlangan. U 2018 yilda Umra ziyoratida bo‘lib qaytgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 fevral kuni aktrisa Ra’no Yarasheva 58 yoshni qarshiladi. U 1987 yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Ra’no Yarasheva bir o‘g‘il va bir qizning onasi, 5 nabiraning buvisi.

Kiritildi: 17:33 24.07.2019. O'qildi: 5932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!