Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ramazon kundaligidan: NAFSNI RAMAZON RO‘ZASIGA TAYYORLASh

Ramazon kundaligidan: NAFSNI RAMAZON RO‘ZASIGA TAYYORLASh

Nafsni Ramazon ro‘zasiga tayyorlash usullaridan biri quyidagi hadisda o‘z aksini topgan:
“Oisha roziyallohu anho aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar. Hatto biz, iftor qilmasalar kerak, der edik. U zot iftor qilar edilar, hatto biz, ro‘za tutmasalar kerak, der edik. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ramazondan boshqa hech bir oyda to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman. U zotning sha’bondan boshqa hech qaysi oyda ko‘p ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman”.

Boshqa rivoyatda bunday deyilgan: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hech bir oyda sha’bondagidek ko‘p ro‘za tutganlarini ko‘rmadim. U zot sha’bon oyining hammasida ro‘za tutar edilar. U zot sha’bon oyida faqat sanoqli kunlardagina ro‘za tutmas edilar".
Bu hadislarga muvofiq, sha’bon oyida ro‘za tutish sunnat bo‘ladi. Ahli ilm bu haqda bunday degan:

"Sha’on oyida ro‘za tutish farz namozlaridan oldin o‘qiladigan sunnat namozlariga o‘xshaydi. Go‘yoki, u Ramazon oyi ro‘zasi uchun muqaddima vazifasini bajaradi. Ya’ni, sha’bon oyi ro‘zasi Ramazon oyidagi farz ro‘zaning sunnati sanaladi. Shuning uchun ham sha’bon oyida ro‘za tutish joriy qilingan. Shavvol oyida olti kun ro‘za tutish esa, farz namozlaridan so‘ng o‘qiladigan sunnat namozlari kabidir”

Hozirgi holatimiz va turmush tarzimizga nazar solsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu ta’limoti juda kam hollarda amalga tatbiq etilayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Oliylik yo‘llarini zabt etish uchun yeng shimargan va bu ulug‘ mavsumda ulkan foydalar bilan chiqishni niyat qilgan himmatlilar qayerda qoldi?!

"Rasululloh Ramazonda" kitobidan olindi.

Kiritildi: 19:15 09.04.2021. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!