Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Rahbarlarga haftada kamida bir marta ishga xizmat avtomobilisiz kelib-ketishi tavsiya etildi

Rahbarlarga haftada kamida bir marta ishga xizmat avtomobilisiz kelib-ketishi tavsiya etildi

“Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (735-son, 19.11.2020 y.) qabul qilindi.

🏫 Qarorga ko‘ra, maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslashtiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkaziladi.

🔰 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

● ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

● “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.

🗓 2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi;

📌 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilindi.
 
⏳ 2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etiladi. Mazkur yo‘laklarda avtomobil qo‘yishni taqiqlovchi belgilar  va yo‘laklarning boshlanish qismiga maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi.
 

Kiritildi: 14:15 02.12.2020. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!