Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Quymoq organizmga qanday ta’sir qiladi?

Quymoq organizmga qanday ta’sir qiladi?

Sevimli va oson tayyorlanadigan pishiriqning salomatlik uchun foydali va zararli tomonlarini ma’lum qilindi.

Quymoq tarkibidagi uglevodlar va yog‘lar organizmga quvvat beradi, faollikni oshiradi. U foydali moddalar va mineralar manbai. Pishiriqning kichik porsiyasida ham ko‘p miqdorda kalsiy, V guruhi vitaminlari va foliy kislotasi bor.

Quymoqning foydasi va zarari unga qo‘shiladigan masalliqlarga bog‘liq. Masalan, qiyma bilan iste’mol qilinadigan quymoq kaloriyali bo‘ladi. Bundan tashqari, pishiriqni alohida va kam muddatga saqlash lozim.

Salomatlik uchung zararsiz quymoq tayyorlash uchun yog‘siz sut, kam miqdorda tuz-shakar va unni to‘g‘ri tanlash kifoya.

Qandli diabet, pankreatit (oshqozon osti bezida yallig‘lanish jarayoni va sekretor funksiyalarning buzilishi bilan birga keluvchi polietiologik kasallik), xolesistit va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan, shuningdek glyuten hazm qilishga qiynaladiganlarga quymoq mumkin emas

Xususan, quymoq har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan taom emas.

Kiritildi: 22:56 12.05.2022. O'qildi: 4304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!