Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

​​Qo‘yliqqacha boradigan ko‘chaga metrobus qo‘yiladi

A A A
​​Qo‘yliqqacha boradigan ko‘chaga metrobus qo‘yiladi

Toshkentdagi Qo‘yliq bozoriga olib boradigan "abgor" ko‘cha — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi eski tramvay liniyasi o‘rnida yangi metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bir yil oldin "karmashka" asfalt qilingandi.

Gap nimada?

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining aytishicha, BRT (bus rapid transit — tezyurar avtobus) Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Kichik halqa yo‘lini bog‘laydi, uzunligi 6,6 km.ni tashkil qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan taqdimotda Farg‘ona yo‘li ko‘chasi butunlay yangicha ko‘rinish olishi aks etgan. Ammo qachonligi ma’lum qilinmagan.

Metrobus nima?

Metrobus yoki tezyurar avtobus (suratda) — oddiy avtobuslarga qaraganda yuqori darajadagi eskpluatasiyasi bilan ajralib turadigan transport turi. Ko‘p funksiyalari bilan tezyurar tramvayni eslatib yuboradi.

Metrobuslar chorrahalarda imtiyozga egadir. Shuningdek, trassalarda ular uchun alohida polosalar ajratiladi

Kiritildi: 10:59 02.03.2020. O'qildi: 3895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik