Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Quvaytliklarning endi xorijga chiqishi taqiqlanadi. Chunki...

Quvaytliklarning endi xorijga chiqishi taqiqlanadi. Chunki...

Islam-Today nashrining xabar berishicha, Kuvayt hukumatining qaroriga binoan koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning xorijga chiqishi taqiqlandi.

Mazkur taqiq nafaqat mahalliy aholi vakillariga, balki Kuvaytda yashaydigan chet elliklarga ham tegishli. Hukumat qaroriga ko‘ra, xorijga chiqmoqchi bo‘lganlar Kuvaytda ro‘yxatdan o‘tkazilgan quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi kerak: Pfizer, AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson.

Yoshi 18 dan kichik bo‘lganlar, homilador ayollar, xorijiy diplomatik missiya a’zolari, shuningdek, salomatligi bilan bog‘liq holat tufayli emlana olmaydiganlarga ushbu talab qo‘yilmaydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligidan tegishli ma’lumotnoma olsalar kifoya.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kuvaytda aholining deyarli yarmi – 2 million kishi koronavirusga qarshi emlandi (jami aholi – 4,2 million). Pandemiya boshlangandan beri mazkur mamlakatda 297 mingdan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, 1700 dan oshiq bemor vafot etdi.

Kiritildi: 05:00 26.05.2021. O'qildi: 2740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!