Quvaytda dron turar-joy binosiga zarba berishi oqibatida ikki kishi jarohat oldi.
Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"Bugun erta tongda dron mamlakatning janubiy mintaqasidagi turar-joy binosiga zarba berdi. Hodisa natijasida ikki kishi jarohat oldi va mulkiy zarar ko‘rdi", deb ma’lum qildi vazirlik.
Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida Quvayt harbiy kuchlari beshta ballistik raketani aniqladilar, ulardan to‘rttasi ushlandi va yo‘q qilindi. Havodan mudofaa tizimlari shuningdek, yettita uchuvchisiz uchish apparatini aniqladilar, ulardan beshtasi yo‘q qilindi va ikkitasi xavf zonasidan tashqarida quladi.