Bugun 13 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Qo‘shni davlatlar Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yubormasligi kerak

Qo‘shni davlatlar Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yubormasligi kerak

Polsha Mudofaa vaziri qo‘shni davlatlar Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yubormasligi kerakligini, shuningdek, Polsha ham bunday qilmasligini ma’lum qildi.

Vladislav Kosinyak-Kamish bu fikrni Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Tinchlik rejasi ishlab chiqilganidan keyin, biz uni muhokama qilamiz. Ammo chegaradosh mamlakatlari o‘z qo‘shinlari bilan Ukrainada hech qanday tarzda ishtirok etmasligi kerak. Menimcha, NATO'ga a’zo davlatlar orasida yukni qayta taqsimlash va diversifikasiya qilish zarur", – deya aniqlik kiritdi Polsha Mudofaa vaziri.

Shu bilan birga, Kamish AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning NATO davlatlarini mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Polsha joriy yilda mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning 4,7%ini sarflashi rejalashtirilgan, bu NATO'dagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kiritildi: 22:11 12.01.2025. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!