Oq uy rasmiysining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi jang qilayotgan rus qo‘shinlariga yordam berish uchun qo‘shin yuborgani haqidagi xabarlardan xavotirda.
Shu hafta prezident Volodimir Zelenskiy Shimoliy Koreyani o‘z harbiylarini Ukrainadagi frontga jo‘natayotganlikda aybladi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina razvedka xizmatlari unga Shimoliy Koreyaning “urushda haqiqiy ishtiroki” haqida xabar bergan. Kreml bu bayonotlarni “yolg‘on xabarlar” deb atadi.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Shon Savettning aytishicha, agar Shimoliy Koreya harbiylarining Ukrainadagi urushda ishtirok etayotgani haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.
"Bunday harakat Ukrainaga qarshi shafqatsiz urush maydonida katta yo‘qotishlarni davom ettirayotgan Rossiyaning umidsizligi yangi darajaga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi", deya qo‘shimcha qildi Savett.
AQSH, shuningdek, Shimoliy Koreya Rossiyaga ballistik raketalar va artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berganini da’vo qilmoqda.