Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qushlarga g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan yaxshi an’ana davom ettirilmoqda

Qushlarga g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan yaxshi an’ana davom ettirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Adiblar xiyobonida “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi.

3-fevral — “Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda yosh ekofaollar, maktab o‘quvchilari, volontyorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Aksiya davomida yosh o‘g‘il-qizlar tomonidan o‘zlari yasagan qush inlari daraxtlarga qo‘yib chiqildi. Shuningdek, qushlar uchun ozuqa mahsulotlari tarqatildi.

Ma’lumot uchun, “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi respublikaning barcha hududlarida tashkil etildi. Unda jami 1400 ga yaqin yosh ekofaollar qatnashdi. Bunda belgilangan hududlarda qushlarning qishda oziqlanishini osonlashtirish maqsadida turli ozuqa mahsulotlari sepildi hamda qush inlari o‘rnatildi.

Ta’kidlash joizki, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan qishning sovuq kunlarida nafaqat qushlar, umuman yovvoyi fauna vakillarining yashash sharoitini osonlashtirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Har yili qushlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi va bunda asosan yoshlar jalb qilinadi. Maqsad nafaqat qushlarni saqlab qolish, balki bevosita yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishdir.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda yurtimizda 500 turga yaqin qushlar mavjud. Bulardan 50 turdagi qushlar Qizil kitobga kiritilgan, ya’ni noyob qushlar hisoblanadi. Qushlarning 320 turi (67,2%) migrasiyada ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 10:08. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!