Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qo‘shiqchi Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir” nomli konserti ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘shiqchi Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir” nomli konserti ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

19 oktyabr kuni Namangan shahrida viloyat prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 19 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi D.S. ariza bilan murojaat qilgan.

“Arizada D.S. tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25 iyun kuni  Namangan shahrida, 26 iyun kuni Farg‘ona shahrida va 27 iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir” deb nomlangan konsert dasturini o‘tkazib berib, har bir dastur uchun 6.000 AQSh dollari, jami 18.000 AQSh dollarini olib unga bermaganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek A.E. 25 iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini o‘tkazib, 2.400 nafar fuqarolarga sotilgan jami 48.000.000 so‘mlik chipta pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilganligi ko‘rsatilgan.

IIVning xabar qilishicha, bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 17:00 20.10.2018. O'qildi: 3351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!