Qishki ta’til munosabati bilan 26 dekabrdan 12 yanvargacha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator temiryo‘l yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
“Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida 26–31 dekabr hamda 4 yanvar kunlari “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi. “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida esa 26–31 dekabr kunlari 4 ta qo‘shimcha «Afrosiyob» reysi yo‘lga qo‘yiladi.
“Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishida 12 yanvargacha 12 ta qo‘shimcha reys bajarilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent” hamda “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq poyezdi) yo‘nalishlaridagi poyezdlarga har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon biriktiriladi.
Mazkur choralar ta’til davrida yo‘lovchilarning xavfsiz va qulay safarini ta’minlashga xizmat qiladi.