FVB ma’lum qilishicha, 12 mart kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Qushbegi dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:57 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.