Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar

A A A
Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar

Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat:

Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi:

1. Iltijo.
2. Ixlos.
3. Taqvo.
4. Allohdan qo‘rqish.
5. Allohning Kitobiga amal qilish.
6. Besh vaqt namozga rioya qilish.

Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor.

Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat:

Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish.
Hifz amaliyotiga xos daftar tutish.
Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish.
Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik.
Yodlash uchun munosib joy tanlash.
Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish.
Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish.
Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish.
Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish.
Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish.
Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr.
Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish.
Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish.
Kundalik vazifani tayyorlash.
Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish.
Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash.
Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish.
Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish.
Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish.
Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish.
Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi.
Nafl namozlarda yoddan o‘qish. Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish.
Vaqtni tartibga solish.
O‘tirish holati.
Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish.
Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish.
Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash.
Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish.
Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish.
Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish.
Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash.
Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi.
Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik.
Alloh taoloning Kitobiga amal qilish.
Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchi dir.
Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish.
Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish.
Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik.
Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish.
Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish.

Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:03 19.12.2018. O'qildi: 33346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!