Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qurib topshirilgan arzon uylarning 2791 tasidan 1157 tasida nuqsonlar aniqlangan

Qurib topshirilgan arzon uylarning 2791 tasidan 1157 tasida nuqsonlar aniqlangan

Bu haqda AOKAda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish vaziri o‘rinbosari Erkin Iskandarov ma’lum qildi:

«2020 yilda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi, uylarning sifat nazorati bo‘yicha qurilishi nazorati tomonidan 2791 ta topshirilgan uylardan 1157 tasida nuqsonlar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

🔎 Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq, Shaffof qurilish milliy tizimi eksperiment tariqasida Toshkent shahri va viloyatida ishga tushirildi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab ushbu tizim respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

Shaffof qurilish milliy tizimi quyidagilarni qamrab oladi:

🔸investisiya dasturlariga kiritilgan ob’ektlar;
🔸arxitektura rejalashtirish topshiriqlarining bajarilishi;
🔸loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
🔸 qurilish sifatini nazorat qilish;
🔸shahar va qishloqlarning bosh planlari».

Kiritildi: 17:19 04.12.2020. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!