Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qo‘qonda soqol va hijobga qarshi kurash boshlangani rostmi? Aniqlik kiritildi

Qo‘qonda soqol va hijobga qarshi kurash boshlangani rostmi? Aniqlik kiritildi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi bozorlarda soqol va hijob uchun kurash boshlanganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday axborotlar asossiz va uydirmalardan iborat bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Xususan, “Qo‘qon savdo kompleksi” (xalq tilida Salang bozori)da hijob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning do‘konlari muhrlanayotgani yo‘q. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida mutasaddi tashkilot xodimlari shahardagi bozorlarda o‘rganish ishlarini olib borishdi. Har bir do‘konda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan birma bir suhbat o‘tkazildi. Shuni narsa ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlarning faoliyatiga hech bir davlat tashkiloti yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashmagan. Sotuvchilarning hijob va soqol bilan savdoga chiqmasligi haqida hech qanday ogohlantirish yoki birorta gap –so‘z bo‘lmagan. Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ham birorta do‘kon muhrlanmagan, hijobli ayolning bosh manikeni, soqolli manikenlardan foydalanish taqiqlanganlik holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Manekenlar tadbirkorlarning o‘z mahsulotini reklama qilib sotish uchun mo‘ljallangan shaxsiy mulkidir. Tadbirkorlar o‘z mulkidan qonunga zid bo‘lmagan har qanday maqsadda foydalanish huquqiga egadirlar. Bozordagi savdogarlar o‘z mahsulotlarini emin -erkin sotib kelishmoqda. O‘rganishlar jarayonida do‘konlardagi savdogarlar xar kungi faoliyatlarini davom ettirishmoqda edi.

Odamlarni bunday xabarlar bilan chalg‘itishdan maqsad nima o‘zi? Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlar asosida yolg‘on xabarlarni tarqatib, bu orqali fuqarolar orasida turli xildagi norozilik kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilayotgan ba’zi internet saytlarining mutasaddilariga jurnalistika qonun qoidalariga to‘laqonli rioya qilib xabar tarqatishlarini so‘rab qolardik.

Kiritildi: 17:48 02.10.2019. O'qildi: 3390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!