Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qon shahrida yana bir talonchi qo‘lga olindi

Qo‘qon shahrida yana bir talonchi qo‘lga olindi

Qo‘qon shahrida 5 avgust kuni A.Navoiy mavzesida joylashgan savdo do‘koni oldida savdo qilayotgan A.G ismli ayoldan pul talab qilib, qo‘lida bo‘lgan bir dona narxi 600.000 so‘mlik "Samsung J 5" rusumli telefon apparatini qarshilik qilishiga qaramasdan ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, Farg‘ona viloyati IIB Ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 3-guruh xodimlari tomonidan ushlanib F.Akbarovdan “Samsung J 5" rusumli telefon apparatini ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 11:39 14.08.2022. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!