Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qo‘ng‘irot tumanida tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

A A A
Qo‘ng‘irot tumanida tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot texnigi M.O. fuqaro D.E.ning ishonchiga kirib, uni 2 500 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali mazkur tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:39 15.07.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!