Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

QQS kassa chekida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak

A A A
QQS kassa chekida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak

Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining o‘z hududiy boshqarmalariga yuborilgan 11.01.2019 yildagi xatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu tariqa, agar sotuvchi QQS to‘lasa va tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) QQS solinsa, QQS summalari kassa cheki, to‘lov terminali chekining majburiy rekvizitlari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizasiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiyalar hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadi (Soliq kodeksining 222-moddasi). Shu tufayli ushbu QQSni hisobga olish uchun xaridor-yuridik shaxsga hisobvaraq-faktura kerak bo‘ladi. Soddalashtirilgan QQS to‘lovchilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq summalarini hisobga olishga haqli emaslar.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 20:58 14.01.2019. O'qildi: 1555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!