Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda

Qozog‘istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda

Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma’lumotni Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv toshqini sodir bo‘ldi. Bular viloyatning Baydibek, O‘rdabasin va Sauran tumanlaridir, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

"Haroratning keskin ko‘tarilishi qorning erishiga olib keldi. Toshqinlar bo‘lgan hududga barcha zarur texnika va xodimlar jo‘natildi", - dedi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Ruslan Imonqulov.

Suv chiqarish ishlariga 50 dan ortiq qutqaruvchi, 10 ta texnika va 20 ta motor nasoslari jalb qilingan.

Kiritildi: 13:33 02.02.2023. O'qildi: 2133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!